Ranking
Masters
Students
Students (int'l)
Bournemouth University – 1992 yilda tashkil etilgan bo’lib, Angliyaning janubi-g’arbiy qismida, La-Mansh qirg’og’idagi Dorset shahrida joylashgan. Ushbu universitet davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi va Buyuk Britaniyada yaxshi obro’ga ega. Angliyada ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.
Bornmut universiteti – bu o’z bitiruvchilariga amaliy bilimlarni berishga yo’naltirilgan practice-based ta’lim muassasasi sanaladi, shuning uchun har bir talabaga o’qish davomida bir yil pullik amaliyot o’tash kafolatlanadi. Shuningdek, universitet Buyuk Britaniyada ta’lim va o’qitish sifati bo’yicha top 20 talikka kiradi, bu esa yosh talabalarning yangi joyga oson moslashishini ko’rsatadi. Ayni paytda universitetda dunyoning 125 mamlakatidan 16 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.
2021 yilga kelib Times Higher Education Bornmut universitetini dunyoning eng yaxshi 100 ta yosh universitetlari qatoriga kiritdi.
Ta’lim narxi
Narxlar Birlashgan Qirollik mahalliy valyutasida ko’rsatilgan (GBP – funt sterling).
Foundation Bakalavriat Magistratura
Bir yilga £14 100 £15 000 £17 200
* universitet o’quv dasturlari narxlarini o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi.
Shuningdek, mazkur OTM o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group kompaniyasi talabalari uchun yillik o’qitish narxining 20 foizidan boshlab stipendiya berishga tayyor.
Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.
Bakalavrlar uchun Angliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu universitetni 3 o’quv yilida bitirishi, magistrlik darajasi esa 1 yil. Bu esa yosh talabchan talabalarni anchayin puli va vaqtini tejaydi. Bournemouth University, shuningdek, Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.
Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May


