Melbourne Universiteti — 1853-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Avstraliyaning eng nufuzli va tarixiy universitetlaridan biri hisoblanadi. Universitet dunyo reytinglarida muntazam ravishda TOP-50 ichida joylashib, ilmiy-tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro nufuzi bilan ajralib turadi. University of Melbourne Group of Eight (Go8) a’zosi bo‘lib, bu Avstraliyadagi eng kuchli tadqiqot universitetlari tarmog‘idir.
Campus va Ta’lim Muhiti:
Universitet Melbourne shahrida joylashgan bo‘lib, bu shahar bir necha yil davomida dunyoning talabalar uchun eng qulay shaharlari TOP-5 ro‘yxatidan joy olgan. Kampus juda zamonaviy, yashil va xalqaro muhitga ega. Talabalar zamonaviy auditoriyalar, ilmiy laboratoriyalar, yirik kutubxonalar, sport majmualari, talabalar klublari va professional rivojlanish markazlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.
Ta’lim Dasturlari:
Biznes va menejment (Melbourne Business School)
Muhandislik, axborot texnologiyalari va Data Science
Tibbiyot, biologiya va sog‘liqni saqlash fanlari
Huquq, siyosatshunoslik va ijtimoiy fanlar
San’at, dizayn va gumanitar fanlar
Dasturlar asosan ingliz tilida olib boriladi.
Kontrakt va Grantlar:
Bakalavr kontrakti: taxminan AUD 40,000–50,000/yil (yo‘nalishga qarab)
Magistratura kontrakti: odatda AUD 45,000–55,000/yil
Xalqaro talabalar uchun merit-based stipendiyalar, fakultet grantlari va moliyaviy yordam dasturlari mavjud
Talabalar uchun part-time ishlash ruxsati (haftasiga 48 soatgacha – ta’til davrida cheklanmagan)
Nega Melbourne?
Avstraliya bo‘yicha TOP universitetlardan biri
O‘qish + ishlash imkoniyatlari juda qulay
Diplom butun dunyoda tan olinadi
Kuchli karyera markazlari va global ish beruvchilar bilan aloqalar
