
Myunxen Texnika Universiteti (TUM) — 1868-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Germaniya va Yevropaning eng kuchli davlat tadqiqot universitetlaridan biri hisoblanadi. Universitet texnologiya, muhandislik, IT, sun’iy intellekt, tabiiy fanlar va biznes sohalarida dunyo miqyosida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. TUM ko‘plab global reytinglarda Germaniyada №1 universitet sifatida qayd etiladi.
Campus va Ta’lim Muhiti:
TUM Myunxen, Garching va Freising shaharlarida bir nechta yirik kampuslarga ega. Kampuslar zamonaviy ilmiy laboratoriyalar, startap inkubatorlar, texnologik markazlar va yirik kompaniyalar (BMW, Siemens, Google) bilan hamkorlikka ega.
Ta’lim Dasturlari:
- Muhandislik (Mechanical, Electrical, Civil)
- Kompyuter fanlari, AI va Data Science
- Biznes va menejment (TUM School of Management)
- Tabiiy fanlar va biotexnologiya
Kontrakt va Grantlar:
- Davlat universiteti → bakalavr va ko‘p magistr dasturlari bepul
- Semestr badali: ~€150–€300
- DAAD va TUM stipendiyalari mavjud
Nega Aynan TUM?
- Germaniya №1 texnika universiteti
- O‘qish + ishlash imkoniyati juda kuchli
- Diplom butun Yevropa va dunyoda tan olinadi