Talabalar uchun eng qulay mamlakatlarni tanlashda bir nechta omillar o’ziga xos ahamiyatga ega bo’ladi. Ular ta’lim sifati, arzonligi, turmush tarzi, bitiruvdan keyingi imkoniyatlar va umumiy talabalar tajribasi kabi omillarga bog’liq bo’ladi.
1. Kanada: Kanada ta’limning yuqori sifati bilan mashhur bo’lib, scholorshiplar beriladi va yotoqxona ishlash imkoniyati mavjud. Til bilmay topshiradiganlar uchun til kurslari ham o’tiladi.
2. Germaniya: Davlat universitetlarida bepul yoki kam to’lovli ta’lim, akademik standartlar yuqori va bitiruvdan keyin ish topish imkoniyati keng. Xususiy universitetlarda kontrakt orqali ta’lim olish imkoniyati ham bor.
3. Avstraliya: Avstraliya universitetlari hayot sifati va hilma-xil madaniyati bilan tanilgan. Xalqaro talabalar o’qish va ishlash imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.
4. Buyuk Britaniya: Buyuk Britaniya eng nufuzli universitetlarga ega va akademik an’analari, madaniy turliy-xilligi bilan mashhur. Ta’lim sifati yuqori, lekin o’quv to’lovlari boshqa mamlakatlarga qaraganda yuqori bo’lishi mumkin.
5. Koreya: Koreyada universitetlar ko’pligi bilan boshqa davlatlardan ajralib turadi. Ta’lim sifati yaxshi, scholorshiplar va ishlash imkoniyati ham yaxshi.
6. Amerika Qo’shma Shatatlari: Amerika xalqaro talabalar uchun ko’plab imkoniyatlarga ega. Scholarshiplar, yuqori sifatli ta’lim, ishlash imkoniyati, va ko’plab boshqa imkoniyatlar mavjud.
