
Seul Milliy Universiteti (SNU) — 1946-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Janubiy Koreyaning eng nufuzli davlat universiteti hisoblanadi. Universitet global reytinglarda TOP-50–100 oralig‘ida turadi va Koreyada oliy ta’limning yetakchi markazi sifatida tanilgan. SNU kuchli ilmiy-tadqiqot muhiti, raqamli texnologiyalar va innovatsiyaga asoslangan ta’lim bilan ajralib turadi.
Campus va Ta’lim Muhiti:
Universitet Seul shahrida joylashgan bo‘lib, talabalar uchun yuqori texnologik infrastrukturaga ega, zamonaviy auditoriyalar, laboratoriyalar, kutubxonalar va talabalar markazlarini taklif etadi. Kampusda ko‘plab talabalar klublari, sport inshootlari va startap hamkorlik markazlari mavjud. Talabalar Koreya va xalqaro kompaniyalar bilan amaliy loyihalarda ishlash imkoniyatiga ega.
Ta’lim Dasturlari:
- Muhandislik va axborot texnologiyalari (IT, AI, Robototexnika)
- Biznes va menejment (Seoul National Business School)
- Tabiiy fanlar va energiya texnologiyalari
- Ijtimoiy fanlar, siyosatshunoslik va gumanitar yo‘nalishlar
- Huquq va xalqaro munosabatlar
Dasturlar ingliz va koreys tillarida olib boriladi, yo‘nalishga qarab.
Kontrakt va Grantlar:
- O‘qish: taxminan $6,000–$9,000/yil (bakalavr va magistr variantlari)
- GKS (Global Korea Scholarship) orqali 100% grant imkoniyati mavjud, bu grant o‘qish, yotoqxona va oylik stipendiyani qamrab oladi
- Universitet ichki stipendiyalari va fakultet grantlari ham mavjud
Nega SNU?
- Koreya bo‘yicha №1 universitet
- Kuchli grantlar + sifatli ta’lim
- Osiyo va global bozorlarida karyera imkoniyatlari yuqori
- Xalqaro talabalar uchun mentorlik va amaliyot dasturlari mavjud