Site icon Chet Elda O'qish Universitetlar, Ma'lumotlar, Narxlar

Nottingham Trent Universityda o’qish

Ranking Winner Streamline Icon: https://streamlinehq.com
#501

Ranking

Read Human Streamline Icon: https://streamlinehq.com
56

Masters

Online Learning Student 2 Streamline Icon: https://streamlinehq.com
27,218

Students

Online Learning School 3 Streamline Icon: https://streamlinehq.com
5,444

Students (int'l)

Nottingham Trent University – 1843 yilda tashkil etilgan, Buyuk Britaniyaning yirik universitetlaridan biri bo’lib, Nottingem shahrida joylashgan. Ushbu universitet davlat ta’lim muassasasidir va Buyuk Britaniyaning eng yaxshi 40 ta universitetlari tarkibiga kiritilgan. Angliyada ta’lim juda ko’p afzalliklarga ega va biz sizni ular bilan ushbu maqolada tanishtiramiz.

Nottingem Trent universiteti, tadqiqot maqomiga qaramay, mashg’ulotlar davomida amaliy bilim berishga qaratilgan. Bugungi kunda u dunyodagi 6000 dan ortiq ish beruvchilar bilan aloqada bo’lib, bitiruvchilarning 94,8% ni bitirgandan so’ng darhol ish bilan ta’minlaydi. Shuningdek, u barcha fakultetlarda integrallashgan yilga ega bo’lib, talabaga o’qishning ikkinchi va uchinchi yillari davomida o’z mutaxassisligi bo’yicha kafolatlangan amaliyot o’tashga, shu bilan birga ish haqi ham olishga imkon beradi. Ayni paytda universitetda dunyoning 130 mamlakatidan 33 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.

Uning 4 ta kampusi bor, eng kattasi Nottingemning markazida joylashgan, statistik ma’lumotlarga ko’ra bu shahar Angliyaning arzon turmush darajasi ega eng xavfsiz shaharlaridan biri sifatida aytishga imkon beradi.

Nottingem Trent universiteti 2019 yilda Guardian University Award ma’lumotiga ko’ra yil universiteti deb topildi.

Ta’lim narxi

Narxlar Birlashgan Qirollik mahalliy valyutasida ko’rsatilgan (GBP – funt sterling).

Foundation Bakalavriat Magistratura
Bir yilga £15000 £15200 £15500
* universitet o’quv dasturlari narxlarini o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi

Shuningdek, ushbu universitet o’qish boshlanishidan 6 oy oldin ro’yxatdan o’tgan Universe Group talabalari uchun yillik o’quv narxining 20 foizidan boshlab stipendiya berishga tayyor.

Dasturlar, grantlar va chegirmalar narxi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Universe Group ofisiga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Bakalavrlar uchun Angliyada ta’lim olishning eng katta afzalliklaridan biri bu universitetni 3 o’quv yilida bitirishi, magistrlik darajasi esa 1 yil. Bu esa yosh talabchan talabalarni anchayin puli va vaqtini tejaydi. Nottingham Trent University, shuningdek, Foundation, Pre-Master’s va til kurslarini taqdim etadi.

Qabul yiliga 3 marta amalga oshiriladi: Sentyabr, Yanvar va May.

Exit mobile version