Polshada ta’lim haqida:
– Polsha rivojlangan davlatlar qatorida bo‘lib taʼlim sifati ham jahonda mashhur bo‘lib kelmoqda. Varshava universiteti – Polshadagi eng katta va mashhur universitetlardan biri. Bu universitet jahonning top 1000 talik ro‘yxatida bor. Bu universitet inson huquqlari, ijtimoiy gumanitar fanlar, matematika, biologiya, psixologiya, tarix va fizika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlab beradi. Universitet talablari IELTS 6 va GPA 75% bilan belgilangan, va kontrakt to‘lovlar 2200-4500 Eurogacha bo‘ladi.
– Lodz universiteti – Bu universitet dunyo bo‘yicha top 1000 talikga kiritilgan. Taʼlim sifati jahon standartlariga javob beradi. Bakalavr va Magistraturaga qabullar bor, talablari IELTS 6. Biznes, kompyuter, Ekonomika yo‘nalishlari yaxshi o‘rgatiladi.
– Lazarskiy universiteti – Polshada joylashgan xususiy universitet hisoblanib, eng yaxshi 5 ta universitetlar ro‘yxatida 3 ni o‘rinni egallab kelmoqda. Erasmus va Double degree dasturi ham mavjud, bitta dastur va ikkita diplom beriladi. Universitetda 4000dan ortiq talaba o‘qiydi va 800 dan ortig‘i xalqaro talabalar.
Polshada talabalar hayoti va qulayliklari:
– Polshada talabalar uchun o‘qishdan tashqari ishlash imkoni bor. Haftasiga 20 soat qonuniy ishlashga ruxsat beriladi, talabalar asosan part-time qilib ishlashadi. Masalan, restoranlarda, kafelarda, barlarda, xizmat ko‘rsatish xizmatlarida, yuk tashish, pochta yetkazib berish xizmatlarida, supermarket va sotuv bo‘limlarida ishlashlari mumkin.
– Universitetlar ham kasb-hunar kurslari va yo‘nalishlari orqali ish topishga yordam beradi. Polshada o‘rtacha yillik ta’lim to’lovi 22,970$, oylik to’lovi 2000-2200$, haftalik ish haqiqiy 450-550$, soatlik ish haqiqiy 20-22$ bo‘ladi. Talabalar uchun qulay sharoitlar ham universitetda yotoqxona bor va bir oylik to’lovi 200-220$ bo‘ladi.
– Taʼtil vaqtlari 40 soat ishlashga ruxsat beriladi. Shahar havosi va tabiati juda go‘zal va maroqli, shuningdek, sayohat qilish va do‘stlar bilan doimiy aloqada bo‘lish imkoniyati mavjud.


